Sizning mahsulotlaringiz. Germaniya va Yevropa Ittifoqida yangi mijozlar.
O‘zbekistonda to‘qimachilik, oziq-ovqat yoki boshqa mahsulotlar ishlab chiqarasizmi va yangi savdo bozorlarini egallashni xohlaysizmi? Biz Germaniya va tanlangan YeI bozorlarida mos xaridorlar, importchilar va distribyutorlarni topishda yordam beramiz – birinchi buyurtmagacha siz bilan birga bo‘lamiz va keyingi bosqichlarida ham qo´llab quvvatlaymiz.
Sizning ustunligingiz: YeI bozoriga bojsiz kirish. O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining GSP+ imtiyozlar tizimidan foydalanadi. Bu orqali 6 200 dan ortiq tovar guruhi uchun import bojlari olinmaydi – bu ko‘plab raqobatchilarga nisbatan haqiqiy narx ustunligi. Mahsulotlaringiz bu imtiyozdan foydalana olishini siz bilan birga tekshiramiz.
To‘qimachilik va kiyim-kechak
O‘zbekiston dunyodagi yirik paxta yetishtiruvchi davlatlardan biri bo‘lib, to‘qimachilik sanoati jadal rivojlanmoqda – ipdan tortib tayyor kiyimgacha. Biz ip, mato, uy to‘qimachiligi va kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilarini Germaniyadagi moda brendlari, ulgurji savdogarlar, xarid agentliklari va onlayn do‘konlar bilan bog‘laymiz.
Nemis xaridorlari barqaror sifat va yetkazib berish muddatlariga, materiallar va kimyoviy moddalar bo‘yicha hujjatlarga hamda OEKO-TEX yoki GOTS kabi sertifikatlarga alohida e’tibor beradi. Mahsulotlaringiz uchun qanday talablar amal qilishini ko‘rsatamiz va taqdimotingizni shunga mos tayyorlaymiz.
Oziq-ovqat maxsulotlari
O‘zbekistonning quritilgan mevalari, yong‘oqlari, dukkaklilari va ziravorlari Germaniyada katta talabga ega – ayniqsa delikates va organik mahsulotlar segmentida. Biz siz uchun mos importchilar, oziq-ovqat ulgurji savdogarlari, ixtisoslashgan do‘konlar hamda xomashyo sotib oluvchi oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilarini izlaymiz.
Asosiy shart – Yevropa Ittifoqi oziq-ovqat qonunchiligiga rioya qilish: laboratoriya tahlillari, nemis tilidagi yorliq va ko‘pincha IFS yoki organik sertifikatlar. Tajribali hamkorlar bilan birgalikda mahsulotlaringizga nima kerakligini aniqlaymiz, shunda xaridorlar sizga ishonch bilan murojaat qiladi.
Boshqa sohalar
O‘zbekiston iqtisodiyoti keng qamrovli va jadal o‘sib bormoqda. Shu sababli biz faqat to‘qimachilik va oziq-ovqat bilan cheklanmaymiz. Qurilish materiallari va keramika, mebel, gilam va hunarmandchilik buyumlari, charm mahsulotlari, plastmassa va kimyo mahsulotlari yoki metall buyumlar va elektrotexnika – Germaniya bozorida ko‘plab sohalar uchun imkoniyatlar mavjud.
Mahsulotingiz haqida bizga so‘zlab bering – uning Germaniya va Yevropada qanday istiqbolga ega ekanini birgalikda baholaymiz.
